Ma'lumotlar va to'lov
Nimani saqlaymiz va pulni qanday qaytaramiz.
Qanday ma'lumot saqlanadi
Telefon va ism - bog'lanish va karta ochish uchun. Raqam Telegramdan siz «Raqamni yuborish» tugmasini bosganda keladi. Uni uchinchi shaxslarga bermaymiz va begona reklama uchun ishlatmaymiz.
To'lovni Payme va Click o'tkazadi. Karta rekvizitlari ularning tomonida kiritiladi, bizda saqlanmaydi: klub faqat to'lov faktini va oxirgi raqamlarni ko'radi.
Ma'lumotlaringizni o'chirish uchun botga yozing yoki klubga qo'ng'iroq qiling - bir kun ichida o'chiramiz.
To'lov va qaytarish
Karta faollashtirilgan kundan 12 oy ishlaydi. Faollashtirish - klub ochilgan kun yoki birinchi tashrif kuni, agar u keyinroq bo'lsa.
Oldindan to'langan kartani klub ochilishiga qadar to'liq qaytarish mumkin. Ochilgandan keyin foydalanilgan kunlar hisobga olinadi.
Kartani boshqa odamga bir marta o'tkazish mumkin - resepshenda arizа yozish kifoya.
Siz sotib olgan narx o'zgarmaydi, hatto klubning umumiy narxi oshsa ham.